Boqiy va navqiron Samarqand shahri hamisha insonlarni o‘ziga rom qilib kelganligi hech kimga sir emas. Biroq bu gal Parajillayevlar oilasi ko‘hna shaharning tarixiy obidalar manziliga emas, zamonaviy uslubda barpo etilgan hiyobonlar, muz saroyi va bir qancha ko‘ngilochar maskanlariga tashrif buyurishdi. Ayniqsa, milliy va yevropa taomlari restoranida bo‘lgan tushlikda butun oila vakillarini yuqori kayfiyat tark etmadi. Xushhavo tabiat bag‘rida joylashgan dala-hovlida bo‘lsa, maroq bilan cho‘milishdi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu sayohatdan bolalar juda katta zavq olishdi. Har bitta o‘yingoh, u yerdagi xursandchilik onlari tarbiyalanuvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishi shubhasiz.