Farg‘ona viloyati Yusuf-qiziq Shakarjonov nomidagi musiqali drama teatri aktyorlari yosh tomoshabinlar – Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari farzandlari, oilaviy bolalar uylari farzandlari eʼtiboriga “Reportaj” spektaklini taqdim etdilar.
Bolalarning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish har bitta ota-onaning istagidir. Teatrga, istirohat bog‘lariga tashrif, oilaviy tabiat qo‘ynida dam olish bu bolalarning yodida bir umr qoladigan daqiqalar. Shu sababli, ota-onalarning tetarga tashrif takliflari hursand qildi. Bolalar dastlab ikkilandilar, axir gadjetlar, kompyuterlarda o‘yin o‘yin o‘ynash teatrga borishdan ko‘ra qiziqroq-da. Ammo, parda ko‘tarilib, birinchi iqtiboslar yangrashi bilanoq bolalardagi ikkilanish tarqalib ketdi. Spektakl ularning butun eʼtiborini jalb etdi, kechki payt esa aktiv o‘yinlarga ham vaqt topildi.