O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida Milliy gvardiyaning Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi huquq yo‘nalishi 1-kurs o‘quvchilari ishtirokida navbatdagi ochiq eshiklar kuni va "Prokurorlik soati" o‘tkazildi.
Ishtirokchilar bilan muloqotlar o‘quv xonalarida va muzeyda bevosita olib borildi.
Qatnashchilar mavzular doirasida va o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ldilar.