Tadbir doirasida viloyatdagi oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari hamda ularning farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik jarayonida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining malakali shifokorlari bolalar va ota-onalarga sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish hamda shaxsiy gigiyena qoidalari yuzasidan zarur tavsiyalar berishdi.
Shuningdek, bolalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, batafsil tibbiy maslahatlar olishdi. Tadbir davomida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Jizzax viloyat filiali tomonidan bolajonlarga bepul dori-darmon vositalari ham taqdim etildi.
Mazkur tashabbus Milliy gvardiya tizimida sog‘lom avlodni tarbiyalash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda jamiyatda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.