Toshkent shahridagi 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoamiz dunyoning 35 ta jamoasi ishtirok etgan nufuzli musobaqada yuksak mahorat va matonat namoyish etdi.
⚽️Futbolchilarimiz musobaqa davomida ketma-ket 7 ta g‘alabani qo‘lga kiritib, final bosqichiga yo‘l oldi. Hal qiluvchi uchrashuvda ham munosib o‘yin ko‘rsatib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
🥇 Natijada O‘zbekiston jamoasi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha XI jahon chempionatining mutlaq g‘olibi va jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Bugun Toshkent xalqaro aeroportida g‘oliblarni Milliy gvardiya hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari tantanali kutib oldi.
Qahramon futbolchilarimizni va ularning ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!