Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

«Inson qalbiga yo‘l mehr-muruvvatdan, saxovatdan boshlanadi”!

28.4.2022 3080

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida olimlar, ziyolilar ishtirokida aholi, ayniqsa, yoshlar orasida insoniylik qadriyatlari, mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsadida "Inson qadri" loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha davomida mamlakatimizda joylashgan mehribonlik va muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari hamda saxovat uylarida istiqomat qilayotgan nuroniylar uchun madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazish, ularning ko‘nglini ko‘tarish maqsad qilindi.

Loyiha doirasida poytaxtimizdagi 22-sonli mehribonlik uyida “Mehr-saxovat” aksiyasi tashkil etildi. "Inson qalbiga yo‘l mehr-muruvvatdan, saxovatdan boshlanadi" deb nomlangan tadbirda bir guruh “Maʼrifat” targ‘ibotchilari jamiyati aʼzolari, madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyondalari hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mehr-oqibat, muruvvat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, maʼnaviy hayotining negizi sifatida vujudga kelganini, ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasi ekanligini taʼkidlab o‘tishdi.

Shu bilan bir qatorda, aksiya doirasida tarbiyalanuvchilarga hayotda kerak bo‘ladigan kasb-hunarlarni o‘rgatish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, tadbir davomida tajribali mutaxassislar sartaroshlik kasbiga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarga kasb sirlarini belgilangan tartibda o‘rgatilishiga kelishib. Shuningdek, to‘quvchilik, qandolatchilik yo‘nalishlarida ham guruhlar shakllantirildi.

Shuningdek, Oila va bolalar psixologi Shoira Isakova yosh o‘g‘il-qizlar bilan samimiy suhbatlashib, psixologik trening o‘tkazdi. Trening davomida bolalar hayotda o‘z o‘rnini topishlarida eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, iqtidorini yuzaga chiqarishda atrofdagi insonlarning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Shu bilan bir qatorda, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzolari , taniqli xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, mashhur asarlardan parchalar bolalarning quvonchiga sabab bo‘ldi.