Bir oy muqaddam Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Orziyevlar oilasi farzandlariga ingliz tilidan mashg’ulotlar oʻtilayotganligi toʻg’risida xabar bergan edik. Hozirda oʻg‘il-qizlarning til o‘rganishga ishtiyoqi baland. Bu istak ularga birinchi bosqich qoʻllanmalarini tezda oʻrganishga yordam berdi. Bugun, bir oy oʻtgach, bolalar oʻzlari, oilalari haqida koʻplab ma’lumotlarni soʻzlab berishlari mumkin. Endi ular bemalol oddiy hazillarni tushuna oladi, ertak va hikoyalarni mustaqil oʻqiydilar.
Bolalarning orzusi - ingliz tilida filmlar, yangiliklar tomosha qilish va tengdoshlari bilan bemalol muloqot qila olish.