Milliy gvardiya Markaziy devonidagi muzeyda gvardiyaning tashkil topishi va taraqqiyotining shonli tarixi, uning qahramonlari va tizimda yillar davomida xizmat qilib, uning ravnaqiga hissa qo‘shgan insonlar haqida hikoya qiluvchi eksponatlar, noyob tarixiy hujjatlar va maʼlumotlar saqlanadi. Bu yerda kiyim-kechak va qurol namunalari ham mavjud. Milliy gvardiya Markaziy devoni tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi podpolkovnik B.Ashirmatova tomonidan tashkil etilgan ekskursiya va hikoyalar yosh mehmonlarda Milliy gvardiyaga qiziqish, Vatan himoyachisi degan mashaqqatli, ammo ezgu kasbga hurmat hissini uyg‘otdi.