Toshkent shahridagi Oilaviy uylar tarbiyalanuvchilari Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan “West Camp” yozgi dam olish oromgohiga yuborildi. Bolajonlarni oldinda maroqli hordiq, qiziqarli o‘yinlar va yangi do‘stlar bilan tanishuvlar kutmoqda.