Ota-ona mehri va g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarning taqdiriga befarq bo‘lmagan homiylar va ko‘ngillilar eʼtibori bois 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘zlarini yolg‘iz his qilmaydi. Xususan, kuni kecha bolajonlarga xushkayfiyat ulashish maqsadida sirk artistlari va animatorlar tashrif buyurishdi. Bolalar sevimli multfilm qahramonlari bilan raqsga tushishdi, qo‘shiqlar kuylashdi, so‘ngra hamma birgalikda sirk artistlarining chiqishlarini tomosha qilishdi. Mazkur uchrashuv bayramona tushlik va tarbiyalanuvchilarga sovg‘alar ulashish bilan yakunlandi.