Respublikamizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlariga start berildi // "Yongʻin xavfsizligi oyligi" munosabati bilan poytaxtimizdagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylarida Yashnobod va Chilonzor tumani FVB bo’limi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. // Sirdaryo viloyatida joylashgan Oilaviy uylarda "Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish" maqsadida 15-noyabrdan 15-dekabrgacha boʻlib oʻtayotgan "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, elektr va gaz taʼminoti tashkiloti xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik yoʻriqnoma va koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi. // Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida ochiq eshiklar kuni va "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi // Buxoro viloyatining Romitan tumanida yana bir maktabning qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi // Farzand tarbiyasida maktab va ota-ona hamkorligi // “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi // "Hilpirayver muqaddas bayroq" shiori ostida tadbir o'tkazildi. // Buxoro shahridagi 35-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun bunosabati bilan tadbir tashkil etildi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! 

TURSUNOVLAR XONADONIDA SO‘NGI OILAVIY BOLALAR UYI TASHKIL ETILDI — "BOLALAR SHAHARCHASI" O‘Z FAOLIYATINI TO‘XTATDI

29.12.2021 1727

Bolalar – kelajagimiz, ularni ham jismonan, ham ruhan, ham maʼnan sog‘lom bo‘lib kamolga yetkazish barchamizning asosiy vazifamizdir. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo‘lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o‘sib-unayotgan bolalarimizga bog‘liq.

Joriy yilning 28 iyul kuni Nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bunda davlatimiz rahbari Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va maʼnaviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish zarurligini taʼkidladi.

Shu maqsadda bu borada yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Unga ko‘ra, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchalaridagi yoshlarning taʼlim-tarbiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi masʼul etib belgilandi. Bundan masuʼliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan holda Respublika bo‘ylab barcha mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari harbiy xizmatchilar tomonidan o‘rganilib, tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Xususan, har bir bola uchun psixolog harbiy xizmatchilar masʼul etib belgilandi. Shu bilan bir qatorda Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va maʼnaviyatli vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zbek xalqi — bolajon xalq deb bejizga aytishmaydi. O‘zbekistonda azaldan oila va bola qadri juda baland. Ushbu maqol ikkinchi jahon urushi yillarida ham o‘zining amaliy tasdig‘ini topgan edi. O‘zbek xalqi 300 mingdan ortiq qarovsiz qolgan bolalarni o‘zining issiq bag‘riga olib, qaxramonlik qilgani xozirga qadar yosh avlodga namuna sifatida qarab kelinmoqda. Yuqorida ishlab chiqilgan qarorlarga asosan ota-onasidan qarovsiz qolgan bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ular uchun oilaviy sharoitlarga yaqinlashtirilgan zarur sharoitlar yaratish maqsadida Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan "Oilaviy bolalar uyi" tashkil etish istagida bo‘lgan fuqarolar qabul qilinib, ularga qisqa muddatlarda barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berildi. Maʼlumot o‘rnida, Oilaviy bolalar uyi ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun tarbiya muassasasi hisoblanadi.

Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash, o‘qitish, sog‘lomlashtirish, aqliy, psixologik va jismoniy rivojlantirish, ularni ijtimoiy moslashtirish va muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular uchun oiladagiga yaqin zarur sharoitlar vujudga keltirish oilaviy bolalar uyining asosiy vazifalari hisoblanadi. Vasiylik va homiylik organlari oilaviy bolalar uylari tashkil etishga ko‘maklashadilar, tarbiyalovchi ota-onalarga zarur tashkiliy yordam ko‘rsatadilar hamda har oyda kamida bir marta tarbiyalanuvchi bolalar turmushi va tarbiyalanishi sharoitlarini kuzatib boradilar.

Shuni taʼkidlash joizki bugun Sirdaryo viloyatida 1ta Mirzaobod tumanida, 7ta Guliston shahrida jami 8ta oilaviy bolalar uyi tashkil etildi. Xususan, Boltayevlar, Jumayevlar, Gadoyevlar, Ahmedovlar, Ahmadxonovlar, Jiyanboyevlar, Shavqiyevlar hamda TURSUNOVLAR oilalari bugungi kunning chinakam qahramonlari deya baralla aytish mumkin. Mazkur oilalar 41nafar tarbiyalanuvchilarni asrab olib insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatishdi. Shuning bilan birga 2 nafar tarbiyalanuvchilar potronat tariqasida hamda 11 nafar bolajonlar esa o‘z oilalariga tarqatildi.

Baxtli oila deganda bevosita ota-ona hamda ko‘zlari quvonchga to‘la bolajonlar ko‘z oldimizga keladi. Bugungi kunda barcha bolajonlarning kemtik qalblari ana shunday chinakam baxtga to‘ldi. Endi ularning ham boshqa bolalar singari sevib, ardoqlaydigan ota-onalari bor!