Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi dotsentlari F. Choriyev va I. Rejametovalar tomonidan Fargʻona viloyatida tutingan ota-onalarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha mashgʻulotlar olib borilmoqda.
Mashgʻulot davomida bolalarni tarbiyalashning zamonaviy usullari boʻyicha maʼruzalar kursidan tashqari, psixo-emotsional barqarorlikni aniqlashga qaratilgan testlar va soʻrovnomalar oʻtkazildi. Shuningdek, tutingan ota-onalar bilan boʻlgan suhbat jarayonida oilalarda tez-tez yuzaga keladigan muammolar aniqlandi va mavjud muammolarni hal etish usullari birgalikda oʻylab topildi. Ota-onalarning talab va istaklariga binoan, ularga kerakli tavsiyalar, zarur hollarda individual maslahatlar berildi.