Tutingan ota-onalarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining asosiy maqsadi ularni pedagogika va ta’limning zamonaviy uslublari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy vatanparvarlik, ma‘naviy-ma‘rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi dotsentlari F.Choriyev, I.Rejametovalar tomonidan ota-onalarni ma’lumot darajasi, farzandlar soni va ijtimoiy psixologik holatlari oʻrganildi. Suhbat jarayonida ota – onalarning fikr mulohazalari tinglandi,shuningdek, ularga tegishli tavsiyalar berilib, psixologik va ruhiy holatlarni oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.