Oilaviy bolalar uyida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, favqulodda va baxtsiz hodisalarni oldini olish, tarbiyalanuvchi bolalarni xavfsizligini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Hududgaz va Elektr tarmoqlari korxonalari bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilib, xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi.Shu bilan bir qatorda, yong‘in xavfsizligi, gaz, elektr va boshqa xizmat ko‘rsatish jihozlarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, ota-onalar va ularning farzandlariga yong‘in xavfsizligi, gaz va elektr taʼminoti qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.