Buloqboshi tumanidagi so‘lim go‘shada joylashgan “Energetik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga dam olishga borgan Andijon viloyatidagi 3 ta oilaviy bolalar uyining bolajonlarini ana shunday tuyg‘ular qamrab oldi.
Lagerda dam olish - deyarli hamma maktab o‘quvchilarining orzusi. O‘n uch nafar o‘g‘il-qizning bu orzusi Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi, ular uchun ushbu sayohatni harbiy xizmatchilar tashkil qildi.