Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida muqaddas Qurbon hayiti bayrami nishonlanayotgan ushbu kunlarda “Mehr daftari” elektron platformasiga kiritilgan 20 nafar o‘g‘il-qizga ular orzu qilgan noutbuk, tikuv mashinalari sovg‘a qilindi. Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Buvayda tumani hokimligi vakillari bolajonlarni bayram bilan tabriklab, samimiy tilaklar bildirishdi.