Toshkentda joylashgan 22-sonli Mehribonlik uyiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tashrif buyurib, tarbiyalanuvchilar holidan xabar oldi. Konsert dasturi chegarachilar tomonidan tayyorlanib, unda Vatan, ona zamin go‘zalligini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sheʼrlar ijro etildi. Bolalar ham o‘z navbatida, O‘zbekiston haqida qo‘shiqlar kuylab, ifodali sheʼrlar o‘qishdi. Kunning ikkinchi yarmida bolajonlar va chegarachilar dildan suhbatlashish qurishdi.
O‘zaro bahslashayotgan o‘g‘il-qizlar chegara qo‘shinlaridagi xizmatlari haqida savollar berib, qaysi oliy o‘quv yurtini yakunlaganliklari va qaysi fanlardan kirish imtihonlarini topshirganliklari bilan qiziqdi.
Xayrlashuv chog‘ida bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.