Mustaqil mamlakatimizda bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlar yaratilib berilmoqda.
Bugun Yakkasaroy tumanidagi mahallalarida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 23 nafar bolajonlarga Prezident sovgʻalarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu sovgʻalarni Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbosari Ilyos Raximov va mas’ul tashkilot rahbarlari topshirdi.