Konsert dasturida ijro etilgan kuy, qo‘shiq va raqslar, Avaz Oxunning hazil chiqishlari va hangomalari barcha yig‘ilganlarga maʼnaviy ozuqa berib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Taʼkidlash joizki, mazkur tadbirda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining oila aʼzolari, shu jumladan, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolari, shuningdek viloyatdagi "Oilaviy bolalar uyi" farzandlari ham ishtirok etib, dastur barcha ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.