“Yoshlar oyligi” doirasida “Yosh aloqachi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi”da Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, Buxoro harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi, Buxoro viloyati faxriylar va jamoatchilik Kengashi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro shahar bo'linmasi, va O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ona Vatanga muhabbat, chinakam vatanparvar yoshlar bo‘lib ulg‘ayishlari, tinchligimizni qadriga yetishlari, yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada yuksaltirish maqsadida “Men ham harbiy bo‘laman” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘l jangi, harbiy orkestir chiqishlari, xizmat otlarining namoishi hamda qo‘g‘irchoq teatrining chiqishlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.