“Gulbahor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olayotgan 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Tinchlik bo‘lsin olamda" rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Ishtirokchilar ona yurt,tinchlik va osoyishtalik, Vatanga muhabbat hamda vatanparvarlik timsollarini aks ettiruvchi rasmlar chizishdi.
Milliy gvardiya harbiy qismlaridan birining harbiy xizmatchilari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
Tanlov yakunida eng yaxshi asar mualliflari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.