Sergeli tumanidagi 300-maktabda Milliy gvardiya faxriylar kengashi tomonidan vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.
Uchrashuvda Sergeli tumani faxriylar kengashi aʼzolari, Jamoat xavfsizligi universiteti oʻqituvchilari hamda Mudofaa vazirligi faxriylari ishtirok etishdi. Tadbir davomida vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, yoshlarda yurtga sadoqat va jasorat tuyg‘ularini mustahkamlash bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.