Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi olti oilaning oltmish nafar farzandlari ota-onalari bilan poytaxtimizdagi “Anhor” istirohat bog‘iga tashrif buyurdi. Quvnoq musiqalar, musobaqalar va albatta attraksionlarda sayrlar bolalarga quvonch va a’lo kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir soʻngida bolajonlar ekskursiya tashkilotchilari – Milliy gvardiya hamda Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi vakillari bilan xayrlashib, taassurotlarga boy boʻlgan dam olish uchun minnatdorchilik bildirishdi.