Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan "Oilaviy bolalar uyi"da tarbiyalanayotgan bolajonlarning sogʻligʻini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt oldini olish, shuningdek sogʻlom turmush tarziga rioya etishda toʻgʻri tavsiyalar berish maqsadida hududlardagi oilaviy poliklinikalarda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.
Tibbiy koʻrikka hududiy oilaviy poliklinikalarining terapevt, xirurg, pediatr, okulist, lor, travmatolog (ortoped), nevropatolog, stomatolog kabi malakali shifokor mutaxassislari jalb etilib, jami 60 nafardan ziyod bolakaylar uchun shifokorlar tomonidan tegishli tekshiruvlar amalga oshirildi hamda shikoyat bilan murojaat etgan bemorlarni esa zudlik bilan davolash choralari koʻrildi.
Shu bilan bir qatorda, tibbiy koʻrik davomida ularga sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda doimiy jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish, sanitariya va gigiyena talablariga rioya etish, toʻgʻri ovqatlanish ratsioniga amal qilish borasida tegishli maslahatlar berildi.