Mehr - oqibat, saxovatlilik bu- xalqimizga xos olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sanaladi. Milliy gvardiya Markaziy devoni mutasaddi rahbari Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasiga tashrif buyurib, oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi va ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Suhbat juda maroqli o‘tdi. Suhbat davomida bolalar o‘zlarining qiziqishlari va maqsadlari bilan bo‘lishishdi. Tashrif so‘ngida bolalarning ehtiyojlari o‘rganilib, hal qilish choralari ko‘rildi.