Toshkent viloyati Bo‘ka shahridagi 15-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari poytaxtimizdagi hayvonot bog‘iga tashrif buyurdi. Ular uchun Davlat xavfsizlik xizmati vakillari tomonidan ekskursiya, so‘ngra tushlik tashkil etildi. Ekskursiya davomida bolajonlar yovvoyi hayvonlar hamda har xil turdagi qushlarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan bir qatorda, ona tabiat va uni asrab avaylash to‘g‘risida ham ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘ldi. Mazkur sayohat ularning hayvonot olami to‘g‘risidagi bilim va dunyo qarashlarini yana-da kengayishiga keng zamin yaratdi. Barcha ishtirokchilar katta taassurotlarga ega bo‘lib, uylariga mamnun holda qaytishdi.