O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishda faol ishtirok etganliklari hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining oila muhitida, ota-ona mehri va g‘amxo‘rligida tarbiyalanish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishda sidqidildan jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar, shu bilan bir qatorda, hamkor tashkilotlar xususan, Toshkent shahri Yunusobod, Chilonzor va Uchtepa tuman hokimliklari, poytaxt Bolalarni himoya qilish sho‘'basi vakillari hamda Mehribonlik uyi rahbarlari munosib rag‘batlantirildi.