O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari tomonidan poytaxtimizning 30 – sonli Mehribonlik uyida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” mavzusida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Darhaqiqat, yuksak mehr-muruvvat, oqibat va bag‘rikenglik bizga buyuk ajdodlarimizdan meros fazilatdir. Ko‘rsatilayotgan cheksiz g‘amxo‘rliklar ularni jamiyatning faol aʼzosi sifatida namoyon etishlari uchun zamin yaratadi.
Tadbir davomida bolajonlar xursandchiligiga yana-da quvonch baxsh etish maqsadida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga Yangi yil sovg‘alari topshirildi. Albatta, bolajonlar qalbida, yuz ko‘zida bir olam shodlik va quvonchni tuhfa eta olish bu eng oliy insoniy fazilatlardan biridir.