Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi Kazakboyevlar oilasi ezgu ishga qo‘l urib, Bo‘ka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uyidan 6 nafar o‘g‘il-qizni o‘z qaramog‘iga olgan holda Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi. Shuningdek, Quyichirchiq tumanida yashovchi Tojiboyevlar oilasi ushbu Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan aka-uka Abdulaziz va Miromon Abdukarimovlarni farzandlikka olishdi. Eng quvonarlisi ushbu maskan tarbiyalanuvchilari, aka-singil Azamat va Zilola Ilyasovalar esa o‘z oilasiga onasi bag‘riga qaytarildi.