O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5215-sonli Qarori ijrosi yuzasidan bolalar uylari tarbiyalanuvchilari bilan barcha yo‘nalishlarda ijobiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlapsh boshqarmasi psixologlari tomonidan Xonqa tumanidagi “Sog‘lom avlod” yozgi bolalar oromgohida dam olayotgan tarbiyalanuvchilar ularda quvnoq kayfiyatni hosil qilish, o‘zaro yaqinlik, hamjixatlik, bir-birlariga mexr-muxabbatni tarkib toptirishga qaratilgan “Kema” o‘yini, ijodkorlik, noodatiy fikrlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan “Noodatiy fikrlaymiz” hamda ishtirokchilarni faollashtirish, ijobiy kayfiyatni yuzaga keltirishga qaratilgan “O‘rningni top”, “Olma-olcha”, “Baliq ovida” kabi qiziqarli psixologik mashg‘ulot va psixologik treninglar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilarda ijobiy tassurot qoldirdi.