Kuni kecha Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari dam olayotgan “Gulbahor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida "Maroqli o‘tayotgan yoz" deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida harbiy xizmatchilar bolalarga harbiy xizmat to‘g‘risida so‘zlab berib,yaxshilikning yovuzlik ustidan g‘alabasi haqida hikoya qiluvchi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. Shuningdek, ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar bolajonlarning harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga sabab bo‘ldi. Bolalarning shodon kulgisi va davomli olqishlari tadbir ishtirokchilarining chiqishlariga berilgan haqiqiy baho bo‘ldi.