Tashrif davomida xonadon sohiblari hamda bolajonlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, oʻgʻil-qizlarning yashash sharoiti, oiladagi muhit, ota-onasi bilan munosabati, shuningdek, ulardagi mavjud muammolar oʻrganildi.
Uchrashuv davomida Oliy Majlis Senati raisi T.Norboyeva yoshlarni qiziqtirayotgan kasb-hunarlar xususida toʻxtalib oʻtdi. Har bir bolaning qiziqishi va qobiliyati eʼtibordan chetda qolmasligini bildirdi. Qaysi soha boʻlishidan qatʼiy nazar yoshlarni kelajakda toʻgʻri kasbni tanlashda va ona vatanga munosib oʻgʻil-qizlar etib tarbiyalashda barcha birdek masʼul ekanligi taʼkidlandi. Samimiy va esda qolarli uchrashuv bolajonlar tomonidan yod olingan sheʼriy parchalar bilan koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan badiiy kitoblar jamlanmasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.