Tashrif buyurgan o‘quvchilar Universitet ostonasida harbiy orkestr jamoasining jangovar musiqiy sadolari ostida kutib olindi. Shundan so’ng, Universitet katta saf maydoni uzra jangovar texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tomon taklif etildi. Unda yoshlar - harbiy akalarining faoliyatida foydalanadigan jangovar harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun kerakli va qimmatli ma’lumotlarni oldilar. Shundan so‘ng, saf maydoni markazida Universitet kursantlari ishtirokida namoyish etilgan qо‘l jangi jamoasining jangovar va qurol bilan safona chiqishlari tashrif buyurgan barcha o‘quvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Bundan tashqari o‘quvchi yoshlar Universitet oʻquv binosi sinf xonalari bilan ham yaqindan tanishib, ta’lim olayotgan talaba va kursantlarning ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, o’quvchi-yoshlar universitetda tashkil etilgan Vatanparvarlik markazida ham bo’lib, u yerda mamlakatimizning shonli va ibratli o‘tmishi, buyuk ajdodlarimizning boy merosi hamda universitetning bugungi kungacha bo‘lgan tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.