Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Sharof Rashidov tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida harbiy-vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarda Vatanga sadoqat, fuqarolik burchi va harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish, ularni sog‘lom hayot tarzi va intizomga yo‘naltirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida gvardiyachilar tomonidan vatanparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilindi, ularning mohiyati, harbiy texnikalar va qurollar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga harbiy saf harakatlari, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari amaliy ko‘rsatib berildi.
Bunday tadbirlar yosh avlodni ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom va Vatanga fidoyi etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.