Mazkur seminarda yillar davomida imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlab, o‘z pedagogik faoliyatini olib borayotgan tarbiyachilarga dolzarb mavzu yoritib berildi. Shuningdek, emotsional toliqish haqida tushunchalar berilib, har bir ishtirokchining emotsional holati bo‘yicha psixodiagnostik testlar o‘tkazildi va ushbu holatdan chiqish metodlari o‘rgatildi. Bundan tashqari, jamoada birdamlikni shakllantirishga qaratilgan turli qiziqarli mashqlar bajarildi, xususan, ishtirokchilar ashula aytib, raqsga tushdilar va tasviriy sanʼat yo‘nalishida bir nechta eʼtiborga loyiq vazifalarni bajarishdi.
Ishonamizki, mazkur mashg‘ulot barcha pedagoglar uchun o‘zida qo‘shimcha kuch va g‘ayrat topishida turtki bo‘ladi .