Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi, viloyat HTB va O‘zbekkonsert hamkorligida viloyatda mavjud 13 ta oilaviy bolalar uylari, SOS bolalar mahallasining 100 dan ortiq tarbiyalanuvchilarini qishgi ta’tilini mazmunli o‘tkazishlari uchun tadbir tashkil etildi. Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan tadbir vatanparlik, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy yo‘nalishda o‘tkazilib, unda hushovoz xonandalar konsert dasturlari hamda harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari bolajonlarga manzur bo‘ldi.