Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Mehribonlik uyi bitiruvchilari yaʼni hozirda oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lgan yoshlar uchun Farg‘ona shahridagi "Qatag‘on qurbonlari muzeyi"ga ekskursiya tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga Farg‘ona vodiysida barpo etilgan ilk taʼlim maskanlari, viloyat sharafini ulug‘lagan qahramonlar, atoqli olimlar haqida so‘zlab berildi.