Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli Imkoniyati cheklangan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi. Dars davomida oʻquvchilarga kamondan toʻgʻri va aniq oʻq otish texnikasi, jismoniy va psixologik tayyorgarlik, shuningdek, kamondan otishning tarixiy ahamiyati haqida maʼlumotlar berildi.
Shundan soʻng, oʻquvchilar egallagan nazariy bilimlarini amalda sinab koʻrdilar. Kamondan otish boʻyicha oʻtkazilgan ushbu darslar ishtirokchilarga nafaqat sport texnikalarini oʻrganish, balki ularda masʼuliyat va intizom hissini shakllantirishga ham qaratilgan.