Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 30-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari va xodimlari O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan birgalikda bahor va yangilanish ayyomini nishonladi.
Bolalar, pedagoglar, bo‘lajak sozandalar va ularning ustozlari birgalikda bayram dasturini tuzdilar va sahnani o‘zlari yasagan gullar bilan bezatdilar. Barcha pazandalik ixlosmandlari milliy taomlar tayyorladilar.
Dasturda bahor, tabiatning uyg‘onishi, ona yurtga muhabbat haqida, shuningdek,teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi, qo‘shiqlar, raqslar, sheʼrlar ijro etildi.
Mazkur tadbir orqali hayot, bahor va Vatan madhi tarannum etildi.