O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi mutaxassislari tomonidan Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 6-sonli Oilaviy bolalar uyida farzandlikka olingan 5 nafar tarbiyalanuvchilarning oilaga moslashuvchanligi o‘rganish maqsadida tashrif buyurildi. Tashrif davomida ota-onaga maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari, farzandlarning oilaga ijtimoiy moslashuviga oid tavsiyalar berildi.