O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat hokimligining Bolalarni himoya qilish kotibiyati, viloyat xalq taʼlimi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Buxoro shahar va tumanlar hokimliklarining bolalarni himoya qilish sho‘balari mudirlari va bosh mutaxassislari, shuningdek masʼul tashkilot vakillari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar jarayonida “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom va “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom talablariga qatʼiy amal qilgan holda yuritilishi hamda ularni “Mehrdaftari.uz” elektron platforma orqali ro‘yxatga qo‘shish va undan chiqarish tartiblari to‘g‘risida tushuntirish berildi.