Kuni kecha, Buxoro viloyati prokuraturasi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari uchun shaxmat hamda shashka sport turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
Taʼkidlash joizki mazkur musobaqada, 1-,5-, 7-,9-sonli "Oilaviy bolalar uyi"ning jami 20 nafardan ziyod tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.
Musobaqa yakunida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalariga ega boʻldilar.