Qashqadaryo viloyati Milliy gvardiya bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Koson tumani hokimligi bolalarni himoya qilish shoʻbasi bilan hamkorlikda tumandagi oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan hamda vasiylik va homiylikka olingan o‘g‘il-qizlarni 14 yoshidan boshlab kasb-hunarga qiziqtirish maqsadida "Koson Baxt tekstil"da sayohat tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida yosh avlod ishlab chiqarish, tikish va bichishga oid ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. Shu bilan bir qatorda, ushbu kasbga qiziqishi bor bo‘lgan yoshlar malakali mutaxassislar nazorati ostida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.