Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan 250 nafar yoshlar uchun tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida turli ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, mashg‘ulotlar oʻtkazildi. Shuningdek, sportning kamondan otish turi bo‘yicha mahorat darslari olib borildi.