Bayram arafasida Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan ijtimoiy himoya va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan 150 nafar bolalar uchun qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Birinchi tashrif maskani hayvonot bog‘i bo‘ldi. Bolalar uchun uzoq mamlakatlarda va boshqa qitʼalarda yashovchi hayvonlarni ko‘rish nafaqat qiziq, balki bu hududlarning tabiati, hayvonlar haqida ko‘p narsalarni o‘rganish foydali bo‘ldi. Keyin yosh sayohatchilar “Anhor” ko‘ngilochar bog‘iga borishdi. Bu yerda o‘g‘il va qizlarni Hiyobon maʼmuriyati vakillari kutib olishdi. Ular mehmonlarni hiyobon bo‘ylab ekskursiya qildirib, attraksionlar va karusellarda uchishga taklif qilishdi. Shu bilan birga ushbu kun kinoteatrda bolalarning kino tomosha qilishi bilan yakunlandi.
Kun xursandchiliklarga boy bo‘ldi. Xayrlashuv oldidan har bir bolaga sovg‘alar ulashildi. Xursand bo‘lgan bolalar uyga qaytib, ko‘rganlari va eshitganlari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.