1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi, Nurafshon shahar hokimligi hamda Toshkent viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda Nurafshon shahar Madaniyat markazi qoshidagi “Shirintoy” havaskorlik qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari ishtirokida Bo‘ka tumanidagi 15-sonli hamda Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli Mehribonlik uyida "Baxtiyor bolalik" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda qo‘g‘irchoq teatri hamda “Bahor” raqs dastasi tomonidan teatrlashtirilgan dastur hamda kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Shu bilan bir qatorda, Vatan, do‘stlik, tinchlikni tarannum etuvchi sheʼrlar o‘qildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yosh avlodning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom va komil insonlar bo‘lib voyaga yetishlari yo‘lida amalga oshirilayotgan saʼy- harakatlardan yuzasidan fikrlar almashildi.