Bayram arafasida poytaxt oilaviy bolalar uylaridagi bolalar uchun “Anhor” ko‘ngilochar bog‘iga sayohat uyushtirildi.
Deyarli butun kun davomida hiyobon attraksionlari o‘g‘il va qizlarning ixtiyorida bo‘ldi. Bolalar karusellarda, "Amerikanskiye gorki" da uchishdi, bolalar avtodromida musobaqalar uyushtirib, esdalik uchun suratga tushishdi. O‘zbekistonning miniatyurada qayta yasalgan meʼmoriy diqqatga sazovor joylari orasidagi “ko‘chalar” bo‘ylab sayr qilib, yo‘lboshchilarni diqqat bilan tinglashdi. Va, albatta, bolalar hiyobonlarda ota-onalari bilan bo‘lishsa-da, bu kun ular uzoq vaqtlik do‘stlari bilan uchrashish bo‘lib esda qoladi.