Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan 1 oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 1-sonli oilaviy bolalar uyida bayram tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda bolajonlar o‘zlari tayyorlagan kuy-qo‘shiqlar hamda milliy raqslar ijrosi bilan ustozlarini muborakbod etishdi. Masʼul xodimlar tomonidan o‘zining fidoyiligi va jonkuyarligi bilan bolalarga taʼlim berishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylar taqdirlandi.