“Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!”  shiori ostidagi  harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi / / Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hasharda faol ishtirok etishdi / / Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan poytaxt maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi / /  Poytaxt maktablarida o‘quvchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi / / Axborot 24 | Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari / / O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi / / Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun yong‘inning oldini olish, sport va bilim inson uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi yuzasidan tadbir tashkil etildi

9.9.2022 1826

Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli “Mehribonlik uyida” Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chirchiq shahar Harbiy prokuraturasi va Favqulodda vaziyatlar Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan bolajonlar uchun turli ko‘rgazmali va sportga yo‘naltirilgan tadbirlar tashkil etildi.

Dastavval, sportchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator sport turlari bo‘yicha jahon va osiyo chempionlari bolalarga qanday qilib g‘alabalarga erishganliklarini, hayotiy tajribalarini so‘zlab berib, muntazam sport bilan shug‘ullanishning afzalliklari haqida gapirishdi.

Shundan so‘ng, o‘t o‘chiruvchilar bolalarga yong‘inning kelib chiqish sabablarini, yong‘in bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish va yong‘in kelib chiqqan vaziyatlarda birinchi navbatda nima qilish kerakligini tushuntirib o‘tishdi. Shuningdek, tadbir davomida bolalarga birlamchi yong‘inga qarshi vositalardan qanday foydalanish kerakligi ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatildi.

Shundan so‘ng, muhim 5 tashabbus doirasidagi to‘garaklarda tarbiyalanuvchilar muddatli harbiy xizmatchilar bilan birgalikda stol tennisi, shaxmat- shashka bo‘yicha bellashdilar. Arqon tortish musobaqalarida do‘stona bahs olib borishdi. Bolalar karate sporti bo‘yicha ham o‘z isteʼdodlari va ko‘nikmalarini tadbir ishtirokchilariga namoyish etishdi. Qizlar esa chevarchilik ustaxonasida ustozlaridan o‘rganib, o‘zlari tikkan qo‘l mehnati mahsuli ishtirokchilarning eʼtiborini tortdi.

Shu bilan bir qatorda, musiqa bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan bolalar mehmonlarga milliy musiqa asboblarini qanday chalish kerakligini ko‘rsatib berib, bo‘sh vaqtlarida sitrus mevalar yetishtiradigan issiqxonaga taklif etishdi.