Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Termiz shahar va Termiz tuman hokimligi tashabbusi bilan sahovatpesha tadbirkor X.Yusufjonov tomonidan ko‘makka muxtoj oilalarning 18 nafar bolalari uchun sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.
Termiz shahridagi “Oqshom” tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir Termiz tumanidan 8 nafar, Termiz shahridan 10 nafar yordamga muhtoj oilalar hamda patronatga olingan oilalar farzandlari ishtirokida o‘tkazildi va to‘y bolalariga tashkilotchilarning sovg‘alari topshirildi.